
HUDUDLARDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR.
Ayni kunlarda 4R-90 “Qarshi-Beshkent-Kasbi-Koson sh” avtomobil yo‘lining 18-19-20 kilometrlar oralig‘ida, og‘ir texnikalar sababli hosil bo‘lgan to‘lqinsimon do‘ngliklarni bartaraf etish hamda avtotransport vositalarini xarakat xavfsizligini ta’minlash, avariya holatlarini oldini olish maqsadida Qashqadaryo yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasining 182 yo‘l bo‘limi tomonidan joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.