Yo‘llar ravon bo‘lsin
✅Hamisha serqatnov bo‘lgan yo‘llarda tabiiy ta’sirlar, od-havo, tuproq yemirilishi va avtomobillarning vazn og‘irligi tufayli yuzaga keladigan nosozliklar Qashqadaryo viloyati YMFDM yo‘lsozlari tomonidan ta’mirlanmoqda. 🛣Xususan, xalqaro ahamiyatdagi M39 «Almata—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz» avtomobil yo‘lining 1282—1286-kilometrlari oralig‘idagi buzilish va chuqurchalarga asfalt-beton qorishmasi yotqizildi.
Mavsum yumushlari
📌Ma’lumki, yoz va kuz oylaridayoq yo‘llarni qishki muzlamalardan asrash uchun qum-tuz zaxirasi tayyorlab qo‘yiladi. Ayniqsa, ko‘priklar va xavfli burilishlarda bu tayyorgarlik nihoyatda muhimdir. ❄️Bugungi qorli-qirovli kunlarda Kitob tumanidagi mahalliy ahamiyatga ega 4K302 “Varganza q.— Hazratbashir q.” avtomobil yo‘lining 7—24-kilometrlari oralig‘ida yo‘l qoplamasidagi sirpanchiqlarni oldini olish maqsadida ushbu zaxiralardan unumli foydalanilmoqda.
Yo‘l belgilarining sozligi nazorat qilinmoqda
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330 sonli qarorining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Muborak tumani hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” avtomobil yo‘lining 117—118-kilometrlari oralig‘ida o‘rnatilgan svetofor qurilmalari ta’mirlanmoqda.

