
Prezident Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ulardan biri Yunusobod tumani, Shahrisabz va Amir Temur shoh ko‘chalari kesishmasi yonida qurilayotgan Tashkent Central Park majmuasidir. Ushbu investitsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Majmua uchta 15 qavatli binodan tashkil topadi. Ularda besh yulduzli mehmonxona, biznes ofislar, konferensiya […]