Jarayon

Avtomobil yo‘llari qurilishida maxsus texnikalarning xizmati beqiyos. Yo‘llarning sifatli va zamonaviy qiyofa kasb etishida ham ular quruvchilarga qanot bo‘ladi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
✅ Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxonalarning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan umumiy qiymati 27,5 mlrd so‘mga teng miqdordagi katok, greyder va freza kabi 24 ta maxsus texnika vositalari xarid qilindi.

✅ Bugun mazkur texnikalarning 14 tasi Qashqadaryo viloyati AYBB tizimidagi tuman korxonalariga tantanali ravishda topshirildi. Bu esa yaqin kunlarda o‘z kasb bayramlarini nishonlash arafasida turgan yo‘l quruvchilari uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi.