
Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Qarshi – Toshkent yo‘li kengaytirilishi kerak” sarlavhasi ostida chiqqan tanqidiy maqola (https://uza.uz/uz/posts/qarshi-toshkent-yoli-kengaytirilishi-kerak_620162)yuzasidan Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarorida 2024 – 2025-yillarda Samarqand – Qarshi yo‘nalishidagi 4R87 “A378 a/yo‘li – Qarshi shahri” avtomobil yo‘lining 49 km qismini sementbeton qoplama bilan rekonstruksiya qilish belgilangan bo‘lib, hozirda “O‘zyo‘lloyiha” loyiha-qidiruv instituti” davlat unitar korxonasi tomonidan loyiha ishlari olib borilmoqda. Xitoy Xalq Respublikasining Poly Chang Overseas Engineering Co., Ltd. kompaniyasi vakillari loyiha bilan tanishib chiqishgan va o‘z takliflarini berishini ma’lum qilgan.
Qashqadaryo viloyati AYBB
Axborot xizmati