
Huquqiy targʻibot guruhi aʼzosi M. Ashurovning Shahrisabz shahar IIB profilaktika inspektori D.Oʻrinov bilan birgalikda Shahrisabz shahridagi “Yangi Kesh” bozorida davra suhbati shaklida oʻtkazilgan muloqoti tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olindi.
Suhbat davomida bozorda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlarga mamlakatimizda soʻnggi yillarda bir qator sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilganligi, ana shu sohalar qatori tadbirkorlik faoliyatiga ham alohida eʼtibor qaratilib, tadbirkorlar uchun qulay shart–sharoitlar yaratilayotganligi, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun mavjud toʻsiqlarni olib tashlashga oid bir qancha normativ – huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi, ushbu qonunchilik hujjatlarining mazmun mohiyati yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, suhbat davomida tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga tushuntirish va izohlar bilan javob berildi.
Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!