Huquqiy uchrashuv tashkil qilindi

Dehqonobod tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida “Korrupsiyani birgalikda yengamiz!” mavzusida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil qilindi.
Dehqonobod  TYFDM yuriskonsulti , targ‘ibot guruhi a’zosi M.Xurramova tashabbusi bilan tuman Majburiy ijro buyurosi mutaxassislari bilan birgalikda tashkil qilingan tadbir davomida xodimlarga korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasliklari hamda oldini olish borasida tushuncha va tavsiyalar berib o‘tildi.
Har qanday davlatning rivojlanishi zamirida iqtisodiy yoki siyosiy boʻlsin, ushbu davlatdagi jinoyatchilikka qarshi kurashda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish bilan bogʻliq davlatning siyosati ustuvor ahamiyatga egaligiga  to‘xtab o‘tildi.

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!