
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24—25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 35-sonli yig‘ilish bayonining 48-bandiga asosan 105 mlrd so‘m mablag‘lar evaziga Qarshi shahridagi 6 ta — Islom Karimov, Nasaf, Alisher Navoiy, Amir Temur, Xonobod yo‘li, Mustaqillik shoh ko‘chasi kabi radial ko‘chalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi belgilangan edi.
📌 Qashqadaryo viloyati “Qashqadaryo” YMFDM va “Qarshi” YMFDM yo‘l ustalari tomonidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash jarayonlarining avvali Mustaqillik shoh ko‘chasning 0—5-km qismlari oralig‘ida keksalarning duosi olindi.
Tez orada yo‘lsozlarimiz tomonidan shahrimiz fuqarolari va mehmonlari uchun xizmat qiladigan, zamonaviy texnologik talablar asosida qurilgan ravon yo‘llar yangicha qiyofa kasb eta boshlaydi.