Jarayon

Qashqadaryo viloyati Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi yo‘lsozlari tomonidan davlat ahamiyatidagi 4R84 “Yakkabog‘ sh.—Chiroqchi q.—Sho‘rbozor q.” avtomobil yo‘lining 67—78- km qismlarini rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda.
🕓 Ayni vaqtga kelib, (2024- yil 24- may holatida) obyektda bajarilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, qum-shag‘al aralashmasi yordamida yo‘l asosi va yo‘l qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
💬 Shuningdek, asosiy yo‘lda LK-6 suv qochirish ariqlari (lotok) o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Asosiy yo‘lning chap tomon yo‘l qoplamasi ostki qismi M-75 (toshshi) betondan qurilmoqda hamda mahalliy yo‘lda beton-ukladchik yordamida BR-300 bordyur quyish ishlari amalga oshirilmoqda.