
“Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Zamondosh” sahifasidagi https://www.facebook.com/groups/2859123794176837/posts/7336199573135881/ tanqidiy video yuzasidan Nishon tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Videoda davlat ahamiyatidagi 4R89 “Qarshi—Talimarjon IES” avtomobil yo‘lidagi ta’mirtalab holat ko‘rsatilgan bo‘lib, holat mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. Mazkur yo‘lning ta’mirtalab qismidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tartibda amaliy ishlar olib borildi.
Nishon tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xizmat ko‘rsatadigan “Qarshi—Talimarjon IES” avtomobil yo‘lining 0—60- km qismlari oralig‘ida avtotransport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakatni ta’minlash maqsadida 2024-yil 20- aprel kuniga qadar video murojaatda keltirilgan 25—26- kmi qismiga asfaltbeton qorishmasi orqali joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Ayni paytda joriy ta’mirlash ishlari davom etayotganligini ma’lum qilamiz.
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!
https://t.me/qashqadaryoavtoyol