
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan Ko‘kdala tumani markazidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R84 “Yakkabog‘—Chiroqchi—Ko‘kdala—Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lining 67—78- kilometrlarida qayta qurish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
4R84 “Yakkabog‘—Chiroqchi—Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lining 67—78-km qismlarida qayta qurish ishlarini bajarayotgan pudratchi Qashqadaryo YMFDM mahalliy yo‘lga BND 50/70 markali bitumdan yirik donali asfalt-beton yetkazish ishlarini bajarmoqda.