
Joriy yilning 27-fevralidan 28-fevraliga o‘tar kechasi Taxta Qoracha dovonining 1228—1283- kilometrlari oralig‘idagi yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi, muzlamalarni oldini olish uchun
«Qashqadaryo YMF» DMning168-yo‘l bo‘limi ishchi-xodimlari tomonidan
maxsus mashina- mexanizmlar yordamida qum-tuz sepish ishlari olib borildi.
⚡️Ayni paytda M-39 “Almati—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz” avtomobil yo‘lining “Taxta Qoracha” dovonidagi yo‘l qoplamasida sirpanchiq va muzlamalar yo‘q. Avtotransport vositalari xavfsiz harakatlanmoqda.
‼️Taxta Qoracha dovoni orqali harakatlanayotgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qilamiz!