
Unda Respublika OAV hamda davriy nashrlarning viloyatdagi muxbirlari, mahalliy teleradiokanallar jurnalistlari, boshqa davlat idoralarining axborot xizmati xodimlari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumanida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi—Matbuot kotibi Nilufar Jumayeva yo‘l xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘llar tasnifi xususida so‘z yuritdi.
Qashqadaryo viloyat avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi
boshlig’ining o’rinbosari Husniddin Kamolov viloyatda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024-yildagi rеjalar haqida ma’lumot bеrdi.
Viloyatida jami 22 035 km avtomobil yo’llari tarmog’i mavjud bo’lib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari 3 487 kmni (xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo’llari — 437 km, davlat ahamiyatga molik yo’llar — 926 km va mahalliy ahamiyatga ega yo’llar — 2124 km) tashkil etadi.
2023-yil tеgishli dasturlar doirasida 928,7 mlrd so’mlik yo’l ishlari amalga oshirildi, 2 631 km yo’llar ta’mirlandi. 25 ta ko’priklarda qayta qurish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Matbuot anjumanida OAV vakillarining ta’mirtalab yo’llar, ko’priklar borasidagi savollariga viloyatning soha mas’ullari batafsil javob bеrdilar.