
🛣Hududlarning infratuzilmasini yaxshilashda “Ochiq budjet” axborot portali orqali kiritilayotgan takliflar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham jamoatchilik taklifining ko‘p sonli aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan qo’llab-quvvatlanayotganligi quvonarli bo‘lmoqda.
✅Birgina, “Ochiq budjet” jarayonlarining 2023-yilgi, 2-mavsumida Shahrisabz shahridagi “Ammog‘on” MFY, Muborak tumanidagi “Sariq” MFY va “Paxtazor” MFY, Qamashi tumanidagi “Azlartepa” mahallalarida yashovchi aholining birgalikdagi sa’y-harakati evaziga bugun ichki ko‘chalar yanada kengayib, ko‘rkamlik kasb etmoqda.