Avtotrasportlarning ko‘chma vazn o‘lchov vositalari faoliyati uchun o‘quv seminari tashkil etildi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 330-sonli qarorida Respublika avtomobil yo‘llarida yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda nazorat tadbirlarini o‘tkazish belgilab o‘tilgan.

🛣Qaror ijrosi yuzasidan Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari tomonidan avtotransport vositalarining vazn parametrlarini o‘lchovchi statsionar va ko‘chma o‘lchov vositalari harid qilingan еdi.

✍️Mazkur punktlar faoliyatini to‘liq tashkil etish hamda mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida “Аvtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tomonidan 3 kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.