Hurmatli bilimdonlar va yo‘l qurilishi sohasining kitobsevar xodimlari!

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va uning tarkibidagi korxona-tashkilotlar ishchi-xodimlarining intellektual bilimini sinovdan o‘tkazish, aqliy salohiyatini mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yini 2 bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich. Viloyat saralash bosqichi — 2024-yilning fevral oyida viloyat AYBBda bo‘lib o‘tadi.
Shunga ko‘ra, Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi har bir muassasa o‘z ishchi-xodimlardan iborat 6 kishilik jamoa tashkil etiladi.
Jamoa a’zolari (6 kishi) yo‘l korxonasi ishchilari, texnik xodimlari va apparat xodimlari orasidan saralab olinadi.
Jamoaning har bir a’zosi o‘z bilimi bilan tuman (viloyat) sha’nini himoya qila olishiga e’tibor qaratiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida yo‘l qurilishi sohasiga oid huquqiy-normativ hujjatlar, xalq og‘zaki ijodi, adabiyotga oid hamda mantiqiy savollar o‘ynaladi.
Viloyat saralash bosqichida eng ko‘p ball to‘plagan g‘olib jamoa boshqarma tomonidan munosib taqdirlanib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Shuningdek, 2 va 3-o‘rinni egallagan jamoalar ham boshqarma tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Eng faol ishtirokchilar “Eng yosh zakovatchi”, “Mantiqiy savollar bilimdoni”, “Eng kitobsevar zakovatchi”, “Eng tezkor zakovatchi” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlanadi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida faollik ko‘rsating va o‘z bilimlaringizni sinab ko‘ring.