Olis tog‘li manzillarda ravon yo‘llar

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ziyorat manzillari mavjud bo‘lib, mazkur hududlarga xorijiy va mahalliy tashrif buyuruvchilar soni tobora ortib bormoqda.

✅Shu bois, sayyohlarga qulaylik yaratish, ularning harakat xavfsizligini ta’minlash, eng muhimi aholining yo‘llardagi mashaqqatini bartaraf etish maqsadida 4R86 “Langar—Maydanak” avtomobil yo‘lining 21—28-kilometrlari oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.