Diqqat, eʼlon!

Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi va uning tarkibidagi korxona-tashkilotlar ishchi-xodimlarining intellektual bilimini sinovdan o‘tkazish, aqliy salohiyatini mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etiladi.

“Zakovat” intellektual o‘yini 2 bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich. Viloyat saralash bosqichlari — 2024-yilning fevral oyida viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi bosqich. Respublika final bosqichi — 2024-yilning mart oyi, “Navro‘z» umumxalq bayrami arafasida o‘tkaziladi.

G‘olib jamoa Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasining maxsus sovg‘alari hamda rag‘batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlanadi.

O‘z bilimingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? U holda “Zakovat”da ishtirok eting!

Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi Axborot xizmati