
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo – serqatnov ko‘prik avariya holatida…” sarlavhasi ostida e’lon qilingan tanqidiy mazmundagi murojaatga Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu murojaatda keltirilgan ko‘prik Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga qarashli Koson tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi masʼullari tomonidan o‘rganildi.
Murojaatda “ta’mirtalab” deb keltirilgan ko‘prik Koson tumani Gulobod MFY hududida joylashgan bo‘lib, mahalliy ahamiyatdagi 4K314 “Guvalak q.—Pistali q.—Paxtaobod q.” avtomobil yo‘lining 3 km PK06 pekitida joylashgan. Uzunligi 60 p.metrli Qarshi bosh kanali ustidan o‘tgan. Ko‘prikning bugungi kundagi umumiy holati yaxshi. O‘rganish jarayonida mazkur ko‘prikning balkasi bilan perexodnoy plitasi oralig‘ida eni 45 sm, bo‘yi esa 50 sm ya’ni 0.225 metr kvadrat teshik hosil bo‘lishi natijasida u qisman joriy ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi aniqlandi va ko‘prikda belgilangan tartibda ta’mirlash ishlari olib borildi. Ayni vaqtda mazkur yo‘lda transport harakati xavfsizligi to‘liq ta’minlanganligini ma’lum qilamiz.
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi