
🛣Yo‘lsozlar har qanday ob-havo sharoitida ham o‘z vazifalariga sidqidildan yondashib, mas’uliyat ko‘rsatib kelishgan. Ularning fidoyiligi ayniqsa qishqorli kunlarda yaqqol namoyon bo’ladi.
✅“Qashqadryo yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi tomonidan xalqaro ahamiyatdagi M39 “Almaata —Beshkek —Toshkent —Shahrisabz —Termiz” avtomobil yo‘lining 1305—1315-kilometr qismlari, “Chak-chak” dovonida kuni-kecha yog‘ib o‘tgan qor maxsus texnikalar yordamida surilib, qum va tuz aralashmalari ta’sirida muzlamalar hosil bo‘lishiga qarshi harakatlar olib borilmoqda.