Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

🎤»Chiroqchi dehqon (oziq-ovqat) bozori» MChJ dagi radio uzel orqali tuman IIB profilaktika inspektori kapitan F.Temirov va Chiroqchi TYFK yuriskonsulti N.Jo’rayevlar hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” mavzusida eshittirish tashkil qildilar.

📢Radio uzel orqali eshittirish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan bu boradagi muhim ishlarga to‘xtalib o‘tildi.