
Viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizimidagi korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlari muntazam olib borilmoqda.
Jamiyatni zimdan yemiruvchi illatlar ko‘p. Ularga hamisha murosasiz munosabatda bo‘lishimiz talab etiladi. Buning uchun avvalo o‘zimizda huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerak, korrupsiyaga qarshi esa har qadamda betinim kurash olib borishimiz muhim masala.
Nishon tumani prokurorining yordamchisi M.Ko‘rpayev ishtirokida Nishon tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida ana shu jihatlarga e’tibor qaratildi.