
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi huquqiy targ‘ibot guruhi hamda Shahrisabz shahar adliya bo‘limi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish—dolzarb vazifa” mavzusida seminar tashkil qilindi.
“Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazilgan mazkur seminarda targ‘ibot guruhi a’zosi Shahrisabz TYFK yuristkonsulti M.Ashurov va tuman Adliya bo‘limi xodimi A.Mansurovlar ma’ruza qilib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa normativ — huquqiy hujjatlarning mazmun — mohiyati, fuqarolarning bu boradagi huquq va burchlariga to‘xtalib o‘tishdi.
Seminar so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.