Yashil makon

Qashqadaryo viloyatida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida avtomobil yo‘llari yoqasida daraxt ko‘chatlari ekish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.
Xalqaro ahamiyatdagi A 378 “Samarqand—G‘uzor” avtomobil yo‘li Ko‘kdala tumani hududidan o‘tadi. Bugun mazkur yo‘lning 106—112-km oralig‘ida
“Qashqadaryoyo‘lko‘kalam” davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan 485 tup (2023-yil 8-noyabr holatida) manzarali ko‘chatlar ekildi. Ma’lumotlarga ko‘ra tuman hududida mavsum boshidan buyon 3060 tup daraxt nihollari ekilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich viloyat miqyosida 4352 tupni tashkil etmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, joriy mavsum oxirigacha viloyat hududidan o‘tgan umumfoydalanuvdagi yo‘llar bo‘yiga 36 ming 824 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazishga bel bog‘langan.