
Yo‘llar uzog‘imizni yaqin og‘irimizni yengil bo‘lishida muxim o‘rin tutadi . Albatta bu yo‘llarni tekis va ravon, talab darajasida bo‘lishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shu bois yo‘llarda qayta qurish va ta’mirlash ishlari kun sayin yaxshilanib bormoqda.
Viloyatimizda ham bu borada aniq maqsadga qaratilgan rejalar va dasturlar amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2023 yil 19 iyundagi «Qashqadaryo viloyatida avtomobil yo‘llarini qurish rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini yanada takomillashtirish buyicha qushimcha chora tadbirlar tug‘risida»gi Qaroriga asosan Koʻkdala tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4N 323 «Koʻkdala q- Gardon q — Mozorli q» avtomobil yo‘lida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Xususan Ko‘kdala tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hamda Avtoyo‘l innavatsion MCHJ tomonidan yo‘lning 3.016 km qismida asfaltobeton qoplamasi yotqizish ishlari bajarildi.