Bunyodkorlik ishlari Kitob tumanining eng olis hududlariga ham kirib bormoqda

Ma’lumki, so‘nngi yillarda mamlakatimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, hatto eng chekka hududlar infratuzilmasi ham bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.

Xususan, Kitob tumanining eng olis mahallalaridan biri hisoblangan «Kuhsor» MFY ichki yo‘llarida ayni kunda Kitob yo‘l qurilish ta’mirlash MCHJ yo‘lsozlari tomonidan 3 km uzunlikda asfaltobeton qoplamasi yotqizish ishlari bajarildi.