Jarayon

Xabaringiz bor, viloyatimizning ko‘plab hududlarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu kecha kunduzda Qarshi yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi yo‘lsozlari tomonidan Muborak tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R96 «Oltingugurt zavodi — Pomuq q- O‘rtabuloq q» avtomobil yo‘lining 1,5 km qismida asfaltobeton qoplamasi yotqizish ishlarini yakunlab bugun Koson tumani hududidan o’tuvchi 4R234″Koson sh — Qarliq q — Muborak sh» avtomobil yo’lining 4km qismida asfaltobeton qoplamasi yotqizish uchun joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni damda jarayon qizg’in davom etib yo’lsozlar tomonidan asfalt qoplamasi yotqizish oldidan asos tayyorlash ishlari keng ko’lamda amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘ o‘rinbosari X. Kamolov yo‘llarda amalga oshirilayotgan yo‘l ta,miri ishlarini ko‘zdan kechirdi.