
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2023 yil 19 iyundagi «Qashqadaryo viloyatida avtomobil yo‘llarini qurish rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini yanada takomillashtirish buyicha qushimcha chora tadbirlar tug‘risida»gi Qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi buyurtmachiligi asosida pudratchi tashkilot «Avtoyo‘l innovatsion» MCHJ tomonidan Yakkabog‘ tumanida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Shu kunlarda Yakkabog‘ tumanida «Avtoyo‘l innovatsion» MCHJ tomonidan 4N322 “Yakkabog‘-Chubron-Guldara” avtomobil yo‘lining 2 km qismi, 4K319 ”Tanxoz-Yakkabog‘-Esat-Qozoq” avtomobil yo‘lining 2 km qismi, 4K347b “Shahrisabz shaxriga kirish” avtomobil yo‘lining 1.5 km qismi to‘liq ta’mirlanib asfalt qoplamasi yotqizish ishlari bajarildi .