Mirakida yo‘l qurilish ishlari avjida

Tumanda turizmni rivojlantirish maqsadida yirik loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Ana shunday loyihalardan biri turizm mahallalaridagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilashdir.

Xususan, joriy yilning o‘zida Miraki va Amir Temur mahallalarining 18,9 kilometrlik ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

Qolaversa, “Miraki” MFYning 4 kilometrlik serqatnov ko‘chasi kengaytirilib, joriy ta’mirlanyapti, xususan, ko‘cha chetlariga piyodalar yo‘laklari, suv yo‘llari va yoritish ustunlari o‘rnatilmoqda.

Ushbu ishlar uchun 17 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilgan.