
Tumanning “Mustaqillik” mahallasida keng ko‘lamda obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mahalladagi ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
“Mahallamizdagi barcha ko’chalar davlatimiz rahbari e’tibori asosida ta’mirlanmoqda. Berilgan yuksak e’tibor va ko’rsatilgan g’amxo‘rlik uchun Prezidentimizga barcha mahallamiz aholisi nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz”, — deydi mahallada yashovchi fuqaro.