“Huquqiy targ’ibot”ga doir ochiq muloqot

     2023- yil 22-iyun kunida Qashqadaryo viloyat Dehqonobod tuman “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazilgan huquqiy targ’ibot va tashviqot” ishlari bo’yicha Bo’ston MFY raisi A.Chovliyev, “Bo’ston” mahalla fuqorolar yig’ini xotin qizlar faoli D.Hasanova hamda mahalla fuqorolar yig’ini xodimi bilan birgalikda “Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish” unitar korxonasi yuriskonsu’lti М.Xurramovalar “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi kam ta’minlangan oilalarga o’rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

    Muloqot davomida huquqiy targ’ibot dasturi bo’yicha “Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish” unitar korxonasi yuriskonsu’lti M.Xurramova kam ta’minlangan oilalarga beriladigan imtiyozlar haqida hamda fuqarolar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri ekanligi, bugungi kunda “ijtimoiiy himoya milliy agentligi” tomonidan aholiga bir qator ijtimoiy xizmat va yordamlar ko’rsatilayotgani, kam ta’minlangan oilalarga va mehnatga layoqatsiz aholiga nafaqa, moddiy yordam berish, ehtiyojmand oilalarga tibbiy, psixologik xizmatlar ko’rsatish, og’ir ijtimoiy oilalar bilan ishlash, voyaga etmagan bolalarga ijtimoiy huquqiy yordam berish va hakozolar haqida tushunchalar berib o’tdi. 

    Bugungi kunda yangi tashkil etilgan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb topilgan oilalar va shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar vazirlik, idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platormasi orqali berilishi to’grisida so’zladi.

     Bundan tashqari mazkur fuqarolarga huquqiy maslahatlar berib, berilgan huquqiy savollarga atroflicha maslahatlar berildi.