«Yo’l qurgan, ko’prik qurgan savob» (foto)

4R92 «Qarshi -Tolliqo‘rg‘on -Kasbi -Jeynov -Pomuq» avtomobil yo‘lining 28 kilometrida joylashgan ko‘prik ancha vaqtdan buyon yaroqsiz holga kelib, ko’plab noroziliklarga sabab bo’layotgan edi. «Navoiy ko’priklardan foydalanish UK» tomonidan qiymati 4.5 mlrd bo’lgan mazkur ko’prik zamon talablari asosida yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Ko’prikning uzunligi 42 metr bo’lib, ochilish marosimida tuman hokimi boshchiligida barcha sektor rahbarlari ishtirok etib, yo’lsozlarga o’z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.

@qashqadaryoavtoyol