Huquqiy mavzuda davra suhbati

Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi hamda tuman IIB raxbar, xodimlari bilan birgalikda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda Tuman IIB boshlig’ining o’rinbosari podpolkovnik H.K.Ashurov, IIB xodimlari hamda tumandagi mahalla fuqarolari qatnashdi.

Davra suhbatini targ‘ibot guruhi a’zosi, Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi yuriskonsul’ti Maxsuda Xurramova ochib berdi, mavzu yuzasidan tegishli tushunchalar berdi.

“Jamoat xavfsizligi va tartibiga rahna soluvchi huquqbuzarliklar hamda ularning mazmun-mohiyati” to’g’risida yuriskonsul’t Maxsuda Xurramova mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sud-huquq tizimi bosqichma-bosqich rivojlantirib borilayotganligi, sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, odil sudlov samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini sud tartibida himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi ‘’Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5618-son Farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinganligi to’g’risida so’zladi.

Shuningdek, jamoat tartibini buzuvchi huquqbuzarliklar uchun meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan javobgarliklar, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda voyaga yetmagan shaxs qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilinishi, ularning tungi vaqtda dam olish joylarida bo‘lishiga yo‘l qo‘yish, shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, tashviqot qilish, namoyish etish, qimor va boshqa qonunga xilof boshqa o’yinlar qonunga xilof ravishda ishtirok etish, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanganligini aytib o’tdi.

Mavzu yuzasidan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida muntazam ravishda targ’ibot tadbirlari tashkil etilganligini ta’kidlandi.

Amalga oshirilayotgan ishlar, samarali natijalarga erishish borasida taklif va mulohazalar yuzasidan muntazam ravishda o’zaro fikr almashib borilishi barcha ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi. Suhbat davomida tomonlar tomonidan ham fikr-mulohazalar bildirilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar xususida kelishib olindi. Davra suhbati so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.