
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizovning Qashqadaryoga tashrifi vaqtida barcha tuman va shaharlar ogʻir hududlaridagi fuqarolar murojaatlari oʻrganilib, muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Hozirda ogʻir hududlardagi ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlashning so‘nggi bosqich ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Mirishkor tumanidagi 15 ta mahallaning jami 19 km ichki xoʻjalik yoʻllarida shagʻallashtirish ishlari olib borilmoqda. Ayni vaqtga qadar 16,6 km ichki yoʻllarga shagʻal yotqizildi.
Shuningdek, kecha, 13-dekabr kuni «Qurama» mahallasining ichki xoʻjalik yoʻllariga shagʻal toʻkish ishlari boshlandi.
Mirishkor tumani hokimligi