Hududlarda olib borilayotgan saqlash ishlari

Yil davomida, har bir yil fasllarini e’tiborga olib yo‘llardagi mavjud inshootlarni va yo‘l jixozlarini oqlash qoralash ishlari, doimiy ravishda yuzaga keladigan mayda buzilgan joylarni ta’mirlash, harakat xavfsizligini tashkil qilish va ta’minlash, atrofini ko‘kalamzorlashtirish, yo‘llarni mavsumlarga mos ravishda saqlash ishlari bajarilib boriladi

Xuddi shuningdek Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi TYFUKlar hamda Qashqadaryo YMFUK va Qarshi YMFUK yo‘l bo‘limi ishchi xizmatchilari tomonidan yo‘llarda qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jaddalik olib borilmoqda.
Ayni kunlarda Qashqadaryo yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan M-39 “Alma- Ata – Beshkek – Toshkent — Termiz”avtomobil yo‘lining 1135-1138 kmlari oralig‘i «Taxta qoracha» davonida qish mavsumiga tayyorgarlik (qum, tuz) to‘kish ishlari bajarilmoqda.