“Bundan buyon yig‘ilish va qarorlarni kamaytirib, ijro va aholi muammolari bo‘yicha ishlaydigan tizim bo‘ladi.

Samarqand viloyatidagi o‘rganishlar ko‘p kamchiliklarimizni ko‘rsatdi. Bir oydan keyin har bir viloyat hokimi qilgan ishlari haqida alohida hisobot beradi.

Oldimizda hali eng qiyin va og‘ir islohotlar turibdi. Hamma o‘zgarishi kerak, ish uslublarini ham o‘zgartirishi kerak”, dedi Prezident.

Vazirlar Mahkamasida, vazirlar va hokimlar ham o‘z tizimida o‘n kun muddatda strukturasi va ish uslublarini o‘zgartirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Adliya vazirligiga muddatda aholi va tadbirkorlarni yangiliklardan xabardor qilish va ularga qulayliklar yaratish hamda qonunchilikni ixchamlashtirish bo‘yicha yangi tizimni ishlab chiqish topshirildi.

Hisob palatasi, Moliya vazirligiga berilayotgan mablag‘lar maqsadli ishlatilishi, ayniqsa, qurilishni moliyalashtirish, subsidiya va kompensasiya ajratish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha yangi tizimni ishlab chiqish topshirildi.

“Umuman, hamma mahalla, tumanga tushib, muammolarni ichiga kirib, aniq natijaga ishlashi shart”, dedi davlatimiz rahbari.