
Fermerlarga jozibador narxlar taklif etilgani o‘z natijasini berdi.
Iyulda birjaga 88 ming tonna bug‘doy chiqarilgani hisobiga 1 tonna bug‘doyning o‘rtacha narxi 30 foizga arzonlashdi.
Davlat resursiga 1 million 842 ming tonna don xarid qilindi hamda fermer va klasterlar tomonidan don korxonalariga 574 ming tonna g‘alla saqlash uchun qo‘yildi.
Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga:
— har kuni birjaga kamida 10 ming tonnadan don chiqarib borish;
— 1 oktyabrgacha saqlash uchun qabul qilingan g‘allaning birjaga chiqarilishi hamda fermer va klasterlar bilan to‘liq hisob-kitob qilinishini tashkil etish topshirildi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari:
— bug‘doy hosilini to‘liq yig‘ib-terib olish va omborlarga yo‘qotishlarsiz joylashtirishi;
— bug‘doyni birjaga o‘z vaqtida va to‘liq chiqarishi;
— hududidagi un va non mahsulotlariga bo‘lgan talabni vaqtida va to‘liq qondirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.