Ijtimoiy tarmoqlarda 4R92 «Qarshi-Tolliqo‘rg‘on- Kasbi -Jeynov- Pomuq» avtomobil’ yo‘lining 28 kilometrida joylashgan ko‘prik avariya holatida yopilgan ekanligi haqida e’lon qilingan.

Ushbu xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati avtomobil’ yo‘llari bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladi.

4R92 «Qarshi -Tolliqo‘rg‘on -Kasbi -Jeynov -Pomuq» avtomobil’ yo‘lining 28 kilometrida joylashgan ko‘prik, Vazirlar mahkamasining 15 apreldagi 54 bayonomasiga asosan dasturga kiritilgan bo‘lib, 3mlrd 150mln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda yo‘l loyiha buyurosi tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, davlat ekspertizasiga berilgan. Ekspertiza xulosasi olinib,tez kunlarda Buyurtmachi Umumiy foydalanishdagi avtomobil’ yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi DUK tomonidan bosh pudratchi quruvchi tashkilotni aniqlash uchun tender savdosiga quyilib, tenderda yutgan quruvchi tomonidan qurish va ta’mirlash ishlari boshlab yuboriladi.