Ijtimoiy tarmoqlarda 4N278 «G‘uzor sh. – Yakkadaraxt q-q» avtomobil’ yo‘lining 2-5 kilometrlaridagi nosozliklar haqidagi video murojaat e’lon qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 4N278 «G‘uzor sh. – Yakkadaraxt q-q» avtomobil’ yo‘lining 2-5 kilometrlaridagi nosozliklar haqidagi video murojaat e’lon qilingan.
Ushbu xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati avtomobil’ yo‘llari bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladi.

G‘uzor tumanidagi 4N278 «G‘uzor sh. – Yakkadaraxt q-q» avtomobil’ yo‘lining 0-9 kmlari G‘uzor tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi balansidagi yo‘l bo‘lib, hozirda ushbu yo‘lda joriy ta’mirlash mablag‘lari hisobidan 0-9 km qismidagi chuqurchalar asfal’tobeton qorishmasi bilan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.