Jarayon

Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tuvchi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🛡Xususan, Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi buyurmasi hamda Qashqadaryo Komplekls loyiha qidiruv ekspeditsiya jamoat korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida D152 (4R89) “Qarshi-Yangi Nishon sh.-Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 11-kilometrida joylashgan ko‘prikda qayta qurish ishlari olib borilyapti.
💥Yaqin oylarda mazkur manzilda zamonaviy va mustahkam ko‘prik qad rostlaydi.