OPEN BUDJET YARATGAN IMKONIYAT SABAB QISHLOQLAR ICHKI YO‘LLARI RAVONLASHMOQDA…

Kasbi tumanidagi “Pandiron” mahallasi hududidagi Pandiron qishlog‘i yo‘llarining abgorligi sabab aholi ko‘p bora qishloq yo‘llarini ta’mirlash yuzasidan murojaat qilishgan.

⚡️ Aholi hamjihatlikda ish tutib, open budjet loyihasi 1-mavsumida ishtirok etib, marrani qo‘lga kiritdi.

❗️ Bugun qishloqning “Soybo‘yi”, “Sarlochin”,”Timsol”, “Muhtasham” ko‘chalarining 3-km. 500 metr ichki yo‘llari Qashqadayo MYBX DM buyurtmasi asosida, bosh pudratchi “ASFALT-BETON QORISHMALARI” MCHJ ko‘magida to‘liq asfalt qoplama yotqizish ishlari bajarildi.