
Avtomobil – haydovchi – yo‘l – piyoda — muhit!
Yo‘ldamiz…Bizga asosiy ko‘makchi bevosita yo‘l belgilari bo‘ladi.
Yo‘l belgilarning asosiy vazifasi esa,yo‘l harakatini tashkil etishga, transport oqimini to‘g‘ri yo‘naltirishga, har bir yo‘l bo‘lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga, haydovchilarga o‘z vaqtida harakat marshruti va yo‘l sharoiti to‘g‘risida axborot berishga qaratilgan.
Qarshi Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga qarashli 172 — yo‘l bo‘limi tomonidan Muborak tumani hududidan o‘tgan хalqaro ahamiyatdagi A 380 avtomobil yo‘lining 130 — 132- kilometrlarida eski yo‘l belgilari o‘rniga 14 dona yangi yo‘l belgilari o‘rnatildi.