
Ona tabiat mo‘jizalarga boy zamin.
Yurtimizda bahor nafasi butun tabiatni o’yg‘otdi.
Biroq,bahor yomg‘iri izidan o’lkamizning tog‘li hududlaridа qor yog‘di.
Kitob tumani hududiga qarashli “Taxtaqoracha” dovonidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M 39 “Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1135—1145-kilometrlarida avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida, Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan yo‘l qoplamasida muzlamalar bo‘lmasligi uchun yo‘llar qordan tozalanib qum-tuz aralashmasi sepildi. Yo’llar ochiq, xavotirga o’rin yo’q.