Jarayon

Ayni kunlardagi ob-havo sharoitini inobatga olgan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni bartaraf etish,  ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tizimli ishlar tashkil etilgan. Ishchi guruh shtablari faoliyat olib bormoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati  Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi barcha muassasa hamda korxona ishchi-xodimlari ham bu borada qat’iy topshiriqlar asosida o‘z vazifalarini sidqi dildan bajarishayapti.

Davlat ahamiyatidagi D 150 (4R87) A378 avtomobil yo‘li (85 km.dan) – Qarshi shahar hududiga qarashli 50—53 -km oraliqlarida suv tortish va qochirish ishlari olib borilmoqda.