
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida “Tashabbusli budjet” dasturining 2024-yil ikkinchi mavsumida eng ko‘p ovoz olgan hududlarning ichki ko‘chalarida asfalt yotqizish ishlari jadallik bilan olib borilayapti.
Mazkur loyiha doirasida qanchadan -qancha ichki yo‘llar ravon — manzillar obod bo‘lmoqda.
Qamashi tumani “Mayda” MFY da «Tashabbusli budjet» loyihasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mahallaning 3 168 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Uzoq qishloq hududlarida bajarilayotgan ishlarni ko‘rib qalbing quvonadi. Bu ham bo‘lsa davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Inson qadri uchun”dir.