“Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati

Dehqonobod tumani yo’llardan foydalanish korxonasi davlat muaassasasi yuriskonsul’ti M.Xurramova tomonidan navbatdagi huquqiy targ’ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Ta’lim muassasasa tashkil etilgan davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilovchi normativ-huquqiy xujjatlar haqida tinglovchilarga tushunchalar berildi.

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ilg’or xalqaro standartlariga asoslangan tizimni joriy etish bo’yicha choralar ko’rilyotganligi to’grisida so’zladi. Davlat organlari va tashkilotlarning faoliyatida ochiqlik, oshkoralikni shaffoflikni ta’minlash yo’lga qo’yilganligi, bu borada huquqiy bilimlarni oshirish korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri ekanligini, davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan bu yo’ldagi islohatlar,huquqiy madaniyatni oshirish kerakligini aytib o’tildi.