
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi Abduvohid Suyunov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi.
Unda viloyat AYBB tizimidagi korxonalarning xodimlari ishtirok etishdi. Shuningdek, seminarda tuman korxonalari xodimlari ZOOM platformasi orqali bevosita ishtirok etishdi. Yig‘ilish ishtirokchilari Qonunning maqsadi va ko‘lami, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasining taʼrifi, manfaatlar to‘qnashuvining asosiy sabablari va uning turlari bilan tanishtirib o‘tildi.
Qizg‘in munozara shaklida o‘tgan seminar davomida ishtirokchilar tomonidan Qonunni qo‘llash borasida muammoli masalalarga oid, shu jumladan, yaqin qarindoshlarning bir idorada mehnat qilishlari, davlat organlari va tashkilotlari nazoratida bo‘lgan yuridik shaxslarning faoliyati, manfaatlar to‘qnashuviga oid deklaratsiyani to‘ldirish, bu boradagi munosabatlarni nazorat qilishga oid savollarga mutaxassis tomonidan asoslantirilgan javoblar berildi.
Yo‘limiz bir, niyatimiz xolis!