
Chiroqchi tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi yuristkonsulti N.Jurayev, tuman prokurori katta yordamchisi A.Chulliyev va boshqalar tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini muntazam ravishda tadbirkorlarga yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Ayni bugunda ham Chiroqchi tumani yo’llardan foydalanish davlat muassasasi yuristkonsulti N.Jurayev va boshqa mutasaddilar, «Chiroqchi dehqon (oziq-ovqat) bozori» MChJda faoliyat olib borivchi tadbirkorlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9 yanvar kungi PF-5618-sonli «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni asosida suhbat tashkil etkilib tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish ishlari olib borildi.