A380 “Gʻuzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo’li Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan bo’lib,butun janubiy hududlarini shimol bilan bog’lovchi asosiy strategik ahamiyatdagi tranzit yo’l bo’lib, хalqaro xorijiy davlat avtotransport vositalari ham uzluksiz harkatlanadi.
Avtomobil yo’llari qo’mitasi rahbarligida hamda Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo’llari Bosh boshqarmasi tomonidan har yili xalqaro standart talablariga moslab,yo’llar rekonstruksiya qilish bo’yicha bosqichma-bosqich tizimli ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning davlat dasturiga asosan, Qarshi YMFDM tomonidan mazkur avtomobil yoʻlining 63–65- km oraligʻida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. (yoʻl oʻtkazgichni kirish va chiqish yoʻllari bilan)
➡️
Olib borilgan ta’mirlash ishlari doirasida yo‘l qoplamasi tiklanib, nosozliklar bartaraf etildi. Natijada, mazkur yo‘nalishlarda harakatlanish ancha yengillashib haydovchi va piyodalar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Qashqadaryo viloyati AYBB matbuot xizmati

