Qashqadaryo viloyat
avtomobil yoʻllari
hududiy bosh boshqarmasi

Yagona raqam
+99875 221-15-72 ishonch raqami
BARCHA RAQAMLAR

Boshqarma haqida

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4954 — son Farmoniga asosan tugatilayotgan Avtomobil yo‘ llari qurish va foydalanish davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi (“O‘zavtoyo‘l” DAK) negizida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etilgan.

2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2776 — son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyati avtomobil yo’llari hududiy bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yullari davlat qo‘mitasining 2017 yil 29 martdagi 06 — sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida’”gi PQ-4545 — sonli qaroriga ko‘ra Bosh boshgarma (keyingi o‘rinlarda — “Bosh boshqarma”) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keying o‘rinlarda — “Muassis”)ning tashkiliy tuzilmasi va Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining huqugiy vorisi hisoblanadi.

3.Bosh boshgarmaning to‘liq nomi:

o‘zbek tilida — Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi (qisqartmasi — Qashqadaryo viloyati AYBB);

4.Bosh boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, garorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Muassisning garorlari, farmoyishlari va buyruqlariga, o’zining Nizomiga hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

5.Bosh boshqarma o‘z faoliyatini to‘liq xo‘jalik hisobi asosida amalga oshiradi va bevosita Muassisga buysunadi.

6.Bosh boshqarma o‘z vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

7.Bosh boshqarma Qashqadaryo viloyatidagi avtomobil yo‘llarini davlat tomonidan boshqaradigan maxsus vakolatli idora hisoblanadi va viloyat hududidagi avtomobil yo‘llari sohasida Muassisning yagona texnika siyosatini olib boradi.

Bosh boshgarma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining xo‘jalik mustaqilligini va yuridik shaxs maqomini saqlab qoladilar.

8.Bosh boshqarmani saqlash harajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida tagiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.